Yo‘nalishlar
Tahlil va strategiya.
Strategiya — bu slayd emas. Bu qaysi mijozga, qanday taklif bilan va qaysi kanal orqali borishimiz haqidagi aniq qaror.
- Tizimdagi o‘rni
- 01 Strategiya · 02 Taklifni shakllantirish
Qanday ishlaymiz
Bozorni o‘rganamiz
Raqobatchilarning reklamasi, narxi va va’dasini yig‘amiz. Mijozlaringiz bilan gaplashamiz yoki mavjud murojaatlarni o‘qiymiz — odamlar aslida nimadan qo‘rqadi va nimani solishtiradi, shu yerda ko‘rinadi.
Pozitsiyani aniqlaymiz
Siz nima bilan boshqalardan farq qilasiz va buni bir jumlada ayta olasizmi? Agar farq narxdan boshqa narsada bo‘lmasa, uni yaratish ham shu bosqichning vazifasi.
Taklif va sotuv voronkasini quramiz
Mijoz birinchi qadamda nima oladi, keyin nima bo‘ladi, qaysi bosqichda odam yo‘qoladi. Har bir bosqich uchun o‘lchanadigan maqsad qo‘yiladi.
Nima olasiz
- +Bozor va raqobat tahlili
- +Mijoz portreti va e’tirozlar ro‘yxati
- +Pozitsiyalash va asosiy xabarlar
- +Taklif tuzilmasi
- +Sotuv voronkasi xaritasi va KPI
Shu yo‘nalish qo‘llangan loyihalar
Biznesingizni birga tahlil qilamiz.
Marketing va sotuv tizimingizni ko‘rib chiqamiz, o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan nuqtalarni aniqlaymiz va keyingi qadamlarni belgilaymiz.
FAZO