Yangilangan: 2026-yil sentabr
Maxfiylik siyosati.
Qanday ma’lumot yig‘amiz
Saytdagi ariza formasi orqali siz ko‘rsatgan ma’lumotlar: ism, kompaniya nomi, sayt yoki Instagram, soha, daromad va byudjet oralig‘i, maqsad hamda aloqa ma’lumoti (telefon yoki Telegram). Bundan tashqari saytga tashrif statistikasi (sahifalar, qurilma turi, manba) yig‘ilishi mumkin.
Nima uchun ishlatamiz
Faqat arizangizni ko‘rib chiqish, siz bilan bog‘lanish va taklif tayyorlash uchun. Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi va reklama maqsadida boshqalarga berilmaydi.
Qayerda saqlanadi
Arizalar FAZO Digital’ning ichki Google Sheets asosidagi CRM tizimida saqlanadi. Unga faqat loyiha ustida ishlaydigan xodimlar kira oladi.
Cookie va analitika
Sayt tilni eslab qolish uchun brauzer xotirasidan foydalanadi. Reklama samaradorligini o‘lchash uchun Meta Pixel kabi vositalar ishlatilishi mumkin.
Sizning huquqingiz
Istalgan vaqtda ma’lumotlaringizni o‘chirishni yoki tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Buning uchun @fazo_digital Telegram manziliga yozing.
Aloqa
FAZO Digital, Toshkent, O‘zbekiston. Telegram: @fazo_digital. Telefon: +998 93 040 10 70.
FAZO